🤯Apple Kelajak iPhone’lari uchun Gologramma Texnologiyasini ko‘zlamoqda

🍎 Apple kompaniyasi kelajakdagi iPhone modellari uchun Samsung’ning MH1 golografik displey texnologiyasini o‘rganishni boshladi. Bu texnologiya ko‘zoynaklarsiz 3D effektini yaratish imkonini beradi.

📌Bu texnologiyaning asosiy xususiyatlari:

👉Advanced eye tracking — foydalanuvchining ko‘z qorachiqlarini kuzatish orqali yorug‘likni aniq yo‘naltirish;

👉AMOLED panel ustiga o‘rnatiladigan maxsus qatlam;

👉4K sifatidagi standart ekran va gologramma rejimi o‘rtasida oson almashish.

Eng qizig'i shundaki, ushbu MH1 loyihasi hali tadqiqot (R&D) bosqichida. 2020-yilgi ilk prototiplar 1 sm qalinlikda bo‘lgan bo‘lsa-da, mutaxassislar bu texnologiya smartfonlarga 2030-yilga borib integratsiya qilinishini taxmin qilmoqdalar.

📈 Bu o‘tmishdagi sifatsiz va xira 3D ekranlar davri tugab, haqiqiy gologrammalar davri boshlanayotganidan dalolatdir.

Savol:📏

Sizningcha, smartfonda gologramma rejimi bo‘lishi kundalik hayotda (masalan, ta'lim yoki o'yinlarda) qanchalik foydali bo‘ladi?

#Yoshlar_ventures ⚡️

#Startap_ambassadors ⚡️

🌐Telegram 🖥Linkedin 📱Instagram 🖥YouTube $AAPL

AAPL
AAPLUSDT
312.1
+0.42%